Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'tkir Hoshimovning "Nur borki, soya bor" asari xitoy tiliga tarjima qilindi



Pekin shahrida bo'lib o'tayotgan 30- Xalqaro kitob ko'rgazmasi doirasida O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Nur borki, soya bor" asarining xitoy tilidagi kitobining taqdimoti o'tkazildi.

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona ko'magida xitoy tiliga tarjima qilindi.

Taqdimotda so'zga chiqqanlar, O'zbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yo'lidagi ko'p asrlik tarix, boy madaniyat va noyob an’analarga ega mamlakatlar ekanligini ta’kidladilar. Xalqlarimiz o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va o'zaro an’analarimizni chuqurroq tushunishda badiiy adabiyot namunalarining tarjimasi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Van Syanmen, Xitoyning "Duzhe" noshirlik uyi prezidenti va bosh muharriri:

– Xitoy tilida nashr etilgan "Nur borki, soya bor" asariga bag'ishlangan taqdimotda ishtirok etganimdan juda xursandman.

Asar muallifi O'tkir Hoshimov O'zbekistonning mashhur yozuvchilaridan biri ekanini yaxshi bilaman.

Kitoblar xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalarning muhim vositasidir. "Nur borki, soya bor" asari ham mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy almashinuvlarning yanada jadallashishiga xizmat qiladi. Ushbu kitob yordamida biz o'zbek xalqining an’ana va qadriyatlari bilan tanishish imkoniga ega bo'lamiz.

Ma Lina, nashr muharriri:

- Bugun biz yangi "Nur borki, soya bor" asarining xitoy tilidagi nashrining taqdimotini yuqori darajada tashkil qildik. Biz xitoylik o'quvchilarni o'zbek madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi bilan tanishtirishga hissa qo'shayotganimizdan mamnunmiz.

Kelajakda o'zbek adabiyotining durdona asarlarini xitoy tiliga tarjima qilish va nashr etish ishlarini davom ettiramiz.



  ...