Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti BMT institutlari bilan sheriklik kengayib borayotganini qayd etdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) Ijrochi kotibi Olga Algayerovani qabul qildi.

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlariga tezkor erishish borasida BMT institutlari, shu jumladan YEIK bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun maxsus dastur doirasida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi  hamda “Yashil makon” dasturini, yuk tashishlarni raqamlashtirish va to‘qimachilik sanoati loyihalarini amalga oshirish   masalalarida almashinuvlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Suhbatda BMT YEIK bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.



  ...