Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qit’a konfederatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlab, Osiyoda ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini qayd etdi.

Mamlakatimiz va konfederatsiya o‘rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi. Futbolni rivojlantirish, unga yoshlarni keng jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O‘zbekistonda havaskor va professional futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va o‘qitish bazasini barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholadi. Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va yaqinda milliy terma jamoamiz g‘alaba qozongani bilan chin dildan tabrikladi.

Uchrashuv davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o‘tkazish, ushbu sport turini ommalashtirish, ilg‘or tajribani joriy qilish va metodologik yordam ko‘rsatish, murabbiylarning malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.



  ...