Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Italiya delegatsiyasini qabul qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi mudofaa vaziri Gvido Krozettoni qabul qildi.

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Vazirlar kengashi Raisi Jorji Melonining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanib bormoqda. Keyingi bir necha yilda o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi ikki barobarga oshdi. Mamlakatimizda Italiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari – Turin politexnika va Piza universitetlarining filiallari faoliyat yuritmoqda.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Suhbatda energetika, shu jumladan qayta tiklanuvchi energetika, logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda amaliy hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Italiya mudofaa idoralari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

Mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.



  ...