Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Dala chetlarida mahsulot yetishtirish qo‘llab-quvvatlanadi



Prezident Shavkat Mirziyoyev dala chetlarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishning ustuvor vazifalarini belgilab berdi.

Bu haqda joriy yil 23-mart kuni qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda topshiriq berilgan edi. Shundan so‘ng Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan xatlovda 60 ming gektarga yaqin dala chetlaridan to‘liq foydalanilmayotgani aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu maydonlardan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati bor.

Taqdimotda qayd etilganidek, bu ishlarni Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etadi. Buning uchun agronomlar mavsumiy ishga qabul qilinadi. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Agentlikka biriktiriladi.

Dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun urug‘, ko‘chat, o‘g‘it va suv ta’minoti maqsadlariga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ham muhim. Shu bois quritish va sovitish uskunalarini xarid qilishga 50 milliard so‘m ajratiladi.

Dala chetidagi zovur va suv bo‘ylarida 600 ming bosh parranda boqish hamda qariyb 300 mingta asalari uyasi joylashtirish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hozirda fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlari ikkilamchi ijaraga faqat 1 yilgacha beriladi. Tok, tut, terak  kabi daraxtlar ko‘p yilda yetilishini hisobga olib, bu muddat 10 yilgacha etib belgilanmoqda.

Davlatimiz rahbari bu chora-tadbirlarni ma’qullab, uning ijrosini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



  ...