Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xitoyda O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohotlariga doir brifing bo‘lib o‘tdi



O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasida Xitoyning qator yirik “aql markazlari” vakillari uchun O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga doir brifing bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Strategik tadqiqotlar markazi, Xitoy iqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo institutining yetakchi ekspertlari ishtirok etdilar.

Ishtirokchlarga O‘zbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyati va erishilayotgan ijobiy natijalar haqidagi atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi. Shu o‘rinda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida aks etgan o‘zgarishlar, ularning O‘zbekiston istiqbolidagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.  

Xitoy ekspertlari yangilanayotgan Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston uchun muhim tarixiy bosqichni va yangi taraqqiyot davrini boshlab berishini  taʼkidlashdi.

Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Strategik tadqiqotlar markazi bosh mutaxassisi Su Chan:

Avvalambor o‘zbekistonlik do‘stlarimizni, hamkorlarimizni O‘mamlakat xalqining milliy bayrami - Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman.

Yangi O‘zbekiston yangi tahrirdagi Konstitutsiyani qabul qilishi tarixiy va tabiiy jarayondir. Ekspert konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushgani va ularning aksariyati loyihaga kiritilganiga eʼtibor qaratar ekan, bu bosh qomusning tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi ekanligini tasdiqlashini aytdi.  

“Xalqaro munosabatlardagi zamonaviy vaziyat, yangi paydo bo‘layogan imkoniyatlardan samarali foydalanish va islohotlar izchilligini taʼminlash uchun O‘zbekiston bosh qomusiga zamon talabi bilan o‘zgartirishlar kiritilishi mamlakat uchun zaruriy ehtiyojdir”, dedi u.

Rossiya, Shimoliy Yevropa va Markaziy Osiyo institutining katta ilmiy xodimi Li Juysi:

O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar global taraqqiyot jarayonlari bilan hamnafasdir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani, odamlarning ekologik haq-huquqlariga alohida etibor qaratilayotgani, O‘zbekiston barqaror taraqqiyot maqsadlariga sodiqligini yana bir karra namoyon etadi.

O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari so‘nggi yillarda shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari kengayib borayotganini biz olimlar qizg‘in olqishlaymiz.

Fursatdan foydalanib, o‘zbekistonlik do‘stlarimizni Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman.

Iqtisodiy tadqiqotlar instituti professori Sjan Si:

- O‘zbekistondagi islohotlar va erishilayotgan natijalar Xitoy olimlari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib borilmoqda. Islohotlar markazida, eng avvalo, inson omili va inson manfaatlari yotgani, “inson qadri uchun” degan tamoyil usutuvor ahamiyat kasb etishi yuksak eʼtiborga loyiqdir. O‘zbekiston va Xitoyning islohotlari jarayonida ko‘plab o‘xshashliklar bor, masalan, inson manfaatlari hamma narsadan ustunligi tamoyili bizda ham mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanishi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi, xususan davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga ko‘payishi islohotlarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosidagi yondoshuv ustuvorligini tasdiqlaydi.



  ...