
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Tovar ayirboshlash surʼati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi boʻyicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.