Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Jenmin universitetida O'zbekiston–Xitoy munosabatlariga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi



O'zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Xitoyning yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biri – Jenmin universitetida O'zbekiston–Xitoy munosabatlari rivojiga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirda Xitoyning Jenmin universiteti, Milliy taraqqiyot va strategik tadqiqotlar instituti, Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti, Xalqaro munosabatlar maktabi yetakchi ekspertlari hamda ushbu oliy o'quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.

Yurtdoshlarimiz O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, jumladan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda "O'zbekiston–2030" strategiyasida belgilangan va amalga oshirilishi davom etayotgan ishlar xususida to'xtalib o'tdi.

O'zbekiston–Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi. Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo'yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Milliy taraqqiyot va strategik tadqiqotlar instituti direktori o'rinbosari, professor Lyu Syao Guanning ta'kidlashicha, ushbu Maslahat uchrashuvlarida davlat rahbarlari qator muhim kelishuvlarga erishgan. Bunday hamkorlik aloqalari har tomonlama strategik sheriklik istiqbollarini rivojlantiradi.

Global o'zgarishlar davrida ta'lim, ilm-fan va o'zaro tajriba almashish orqali do'stlik aloqalarini mustahkamlash zarur. Xitoy oliy ta'lim muassasalari pedagoglari O'zbekiston bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida shu yilning dekabr oyida Jenmin universiteti rahbariyati O'zbekistonga tashrif buyurib, O'zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi ta'lim loyihalarini boshlashi to'g'risida ma'lumot berildi.



  ...