Elchixona vakillari tadbir avvalida ishtirokchilarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar. So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati alohida qayd etildi.
Xususan, vatandoshlarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xotin-qizlariga ushbu shukuhli va go‘zal bayram munosabati yo‘llagan tabrik nutqining asosiy mazmun-mohiyati yetkazildi. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida maʼlumot berildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda vatandoshlar konsullik-huquqiy masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.