
Pekin universitetida tashkil etilgan xalqaro madaniy festival doirasida O'zbekiston madaniyati va turizm salohiyati taqdimoti o'tkazildi.
Unda ushbu universitetda taxsil olayotgan 50ga yaqin xorijiy mamlakatlar talabalari, elchixonalar raxbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar o'z milliy liboslari, raqs va qo'shiqlari, xunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilishdi.
O'zbekiston taqdimoti ushbu universitetda o'qiyotgan vatandoshlar va mamlakatimiz elchixonasi xodimlari tomonidan o'tkazildi. Unda O'zbekistonning boy tarixi, go'zal madaniyati, urf-odatlari va an'analari, qadimiy shaxarlarimiz aks etgan kitob va jurnallar, broshyuralar va fotolavhalar namoyish etildi.
Ishtirokchilar va mehmonlarga milliy taomlar va o'zbek nonlari ulashildi.