Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekistonda o'zbek tilini rivojlantirish va ta'sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi



O'zbekiston elchixonasi tomonidan 21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Xitoy oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar, ushbu mamlakatda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan va vaqtincha bo'lib turgan vatandoshlar, elchixona xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.

So'nggi yillarda mamlakatimizda o'zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o'rni va ta'sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlangani ta'kidlandi.

Xususan, 21-oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylangani, davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me'yoriy hujjatlar qabul qilingani, ushbu yo'nalishda 2020-2030-yillarga mo'ljallangan konsepsiya va alohida dastur hayotga joriy etilayotgani qayd etildi.

Xorijiy davlatlar o'quvchilari o'rtasida O'zbek tili va adabiyoti xalqaro olimpiadasini o'tkazish yo'lga qo'yilgani ham ona tilimizni keng targ'ib qilishga xizmat qilayotnai aytib o'tildi.

Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o'zbek tilida so'zlashmoqda. Ko'plab mamlakatlarda bu go'zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o'rganilayotgani alohida ta'kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari e'tibori ayni paytda, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning tili, madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylash hamda rivojlantirishga muhim ahamiyat berilayotganiga qaratildi.

Bugungi kunda yoshlarimizning dunyo qarashi, odob-axloqi va nutq madaniyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan illatlar, ayniqsa, turli elektron vositalar orqali tobora kuchayib borayotgan ma'naviy tahdidlarga qarshi ma'rifat va ilm bilan samarali kurash olib borish hayotiy zaruratga aylanganiga to'xtab o'tildi.

Kecha doirasida o'zbek tilida nashr etilgan kitoblar taqdimoti, milliy liboslar, tasviriy san'at va taomlar ko'rgazmasi tashkil etildi.



  ...