Unda asosiy eʼtibor O‘zbekiston va Xitoy rahbarlarining joriy yil 5 fevral kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama sanoat va savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamlarini yana-da kengaytirish, mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan qo‘yilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan yangi loyihalar ustida ish olib borilishi bilan bog‘liq masalalarga qaratildi.
Xitoyning “China CAMCE Engineering”, “TBEA”, “China Energy Intonational Construction”, “China Civil Engineering Construction” va “China Huadian Corporation” kabi yirik sanoat korxonalari rahbarlari ishtirok etgan ushbu tadbirda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning bugungi natijalari, ikki davlat o‘rtasidagi sanoat va savdo-iqtisodiy aloqalarning istiqbollari haqida atroflicha fikr almashildi.
Xitoy tomoniga O‘zbekistonning farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, kimyo va charm sanoati singari jabhalarida birgalikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan yangi loyihalar namoyish etilgani barobarida aniq biznes-takliflar ham taqdim qilindi.
Tadbir chog‘ida xitoylik kompaniyalar vakillari o‘zlaripni qiziqtirgan turli masalalar yuzasidan, jumladan, mamlakatimizda mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun berilgan imtiyozlar, maxsus sanoat va iqtisodiy zonalarda yaratilgan qulay biznes sharoitlari yuzasidan berilgan savollariga javob olishdi.
“Davra suhbati” yakunida Xitoyning yirik kompaniyalari vakillari taqdim etilgan investitsiya loyihalarini qisqa fursatlarda o‘rganib chiqib, O‘zbekiston tomoni bilan qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishlarini maʼlum qilishdi.