O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “NASDAQ” fond birjasi raisi Adena Fridman bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“NASDAQ” - 30 trillion AQSH dollaridan ortiq aktivlarni boshqaruvchi dunyodagi yetakchi moliya bozori operatorlaridan biri.
"Toshkent" fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish rejalari ko‘rib chiqildi.