Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xitoyning Tyanszin shahrida Samarqand viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi



Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyasining Xitoyga amaliy safari doirasida mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Tyanszin shahrida viloyatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan forum tashkil etildi.

Unda Xitoyning 500 dan ziyod vazirlik va idoralari, savdo-sanoat uyushmalari, yirik ishlab chiqarish va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Yig'ilganlar Samarqand viloyatida turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar jarayoni bilan tanishdilar. Viloyatning savdo-iqtisodiy jihatdan jozibadorligi, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoit va afzalliklar hamda sayyohlik salohiyati yuzasidan batafsil taqdimot o'tkazildi.

Xitoy kompaniyalari Samarqand viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga hamda hamkorlikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga chaqirildi.

Tadbir davomida Samarqand viloyatining savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm salohiyatini namoyish etuvchi videoroliklar namoyish etildi.

Xitoy ishbilarmonlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat mas'ullaridan batafsil javob oldilar. Tadbirning ikkinchi qismida O'zbekiston va Xitoy biznes vakillari o'rtasida "B2B2 va "G2B2 shaklida muzokaralar o'tkazildi. Ulrada turli sohalardagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. O'zaro manfaatli bo'lgan qator hujjatlar imzolandi.

Samarqand viloyati delegatsiyasi safar davomida Xitoyning bir qator provinsiya va shaharlarida iqtisodiy tadbirlar, taqdimotlar va uchrashuvlar o'tkazishni rejalashtirgan.

Lin Chin, Tyanszin Tashqi savdo federatsiyasi prezidenti:

– Bugun Tyanszin va Samarqand o'rtasida madaniyat, turizm va savdoni rivojlantirish tadbirini yuqori darajada o'tkazdik. Tadbirga 500 dan ziyod ishtirokchilarning kelgani xitoyliklarning mamlakatingiz bilan aloqalarni yanada rivojlantirishga bo'lgan qiziqishini ko'rsatadi.

Tadbir muvaffaqiyatli o'tdi va bugungi forum orqali barcha yig'ilganlar O'zbekiston haqida, xususan, Samarqanddagi biznes imkoniyatlar borasida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi. Qadimiy va navqiron Samarqand shahrining tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari va turizm salohiyati keng namoyish qilindi.

Uyushmamiz a'zolari bo'lgan kompaniyalar O'zbekistondagi ko'plab loyihalarga investitsiya kiritmoqda. Kelgusida mamlakatlarimiz o'rtasidagi biznes va madaniy almashinuvlar yanada kuchayib borishiga ishonaman.

Chjan Syuan, Xitoyning "Vision Energy Limited" kompaniyasi menedjeri:

– Biz Xitoyning Tyanszin shahrida Samarqandning savdo va investitsiyaviy imkoniyatlariga bag'ishlab o'tkazilgan forumda ishtirok etganimizdan mamnunmiz. Ushbu tadbir juda muvaffaqiyatli tashkil etildi. Biz Samarqand viloyatining savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldik.

Kompaniyamiz shamol energiyasi ishlab chiqarish sanoatida yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Umid qilamanki, kelgusida Samarqand viloyatiga investitsiya kiritish va o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish imkoniga ega bo'lamiz.

Syuy Junle, "Evroexport" kompaniyasi vakili:

– Bugungi forum Xitoy va O'zbekiston ishbilarmonlari uchun yangi hamkorlarni topish, Samarqandning savdo, investitsiyaviy va turizm imkoniyatlari haqida muhim ma'lumotlarni olish uchun juda yaxshi imkoniyat bo'ldi.

Mamlakatlarimiz hududlari o'rtasidagi do'stona aloqalarning yildan yilga mustahkamlanib borayotgani quvonarlidir.

O'zbekiston barqaror iqtisodiyotga ega hamda investitsiya, biznes va turizm uchun juda qulay mamlakat. Tadbirda ishtirok etgan Xitoy kompaniyalari vakillari bilan suhbatda O'zbekistonga investitsiya kiritishga bo'lgan yuqori qiziqishning guvohi bo'ldim. Samarqandning turizm imkoniyatlari benihoya katta va bundan, albatta, unumli foydalanish kerak.



  ...