Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Pekin shahridagi markaziy ko'chada O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan videolavhalar namoyish etilmoqda



Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Xitoyda O'zbekistonning turizm salohiyati keng targ'ib etilmoqda.

Xususan, Xitoyning keng jamoatchiligini mamlakatimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish hamda yurtimizga xitoylik sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida Pekin shahrining yirik "Solana" savdo va ko'ngilochar markazida joylashgan katta 3D LED ekranda O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan videolavhalar namoyishi yo'lga qo'yildi.

Mazkur loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

2008-yilda ishga tushirilgan "Solana" savdo va ko'ngilochar markaziga har kuni 100 mingdan ziyod xitoyliklar va xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.

5 kun davomida O'zbekistonga bag'ishlangan ushbu videolavhalar deyarli 3 ming marotaba namoyish etildi va salkam 600 ming kishi ko'rdi.

Mamlakatimizning boy madaniyati va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida bunday lavhalarni Xitoyning boshqa shaharlarida ham namoyish etish rejalashtirilgan.

Li Shushen, Beijing Yuanjingjie Media Co., LTD kompaniyasi direktori:

- Pekin shahridagi yirik "Solana" savdo markazida O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati va go'zal madaniyatiga bag'ishlangan videolavhalar ilk bor namoyish etilmoqda.

Bu yerga har kuni minglab xitoyliklar va xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Ushbu videolavhani ko'rib mamlakatingiz va uning turizm imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo'lyapmiz. Qayd etish kerakki, bugungi kunda O'zbekiston xitoylik sayyohlar orasida mashhur yo'nalishlardan biriga aylanmoqda.

Yurtingizning boy madaniyati, tarixiy obidalarning betakrorligi, milliy taomlaringizning xilma-xilligi ularda katta qiziqish uyg'otmoqda. Ular o'zlari uchun Yangi O'zbekistonni kashf qilmoqda.

Mamlakatingizga sayyohlar oqimining oshib borayotganining yana bir muhim jihati bu xitoylik sayyohlar uchun O'zbekistonga 10 kunlik vizasiz rejimning joriy etilganidir.

Biz O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ'ib qilish bo'yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz. Pekindagi boshqa yirik ekranlarda ham kelgusida ana shunday videolavhalarni namoyish etilishiga umid bildiramiz.



  ...