Xitoyning eng yirik tarixiy shaharlaridan biri, Shensi provinsiyasining ma'muriy markazi Sianda 2023-yil 18-19-may kunlari bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi birinchi sammitning bir yilligi munosabati bilan "Markaziy Osiyo" bog'i ochildi.
Tantanali ochilish marosimida Xitoy tomonining taklifiga binoan O'zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyat hududiy bo'linmasi jamoasi o'zining konsert dasturi bilan ishtirok etdi.
O'zbekiston san'at ustalari tomonidan ijro etilgan o'zbek milliy raqsi — "Lazgi" ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
Tadbirda ishtirok etgan Shensi provinsiyasi va Sian shahri rahbarlari Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining birinchi sammiti yubileyiga bag'ishlangan ushbu muhim xalqaro madaniy anjumanda o'zbek san'at ustalarining ishtirok etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar. Ularning aytishicha, uch ming yillik tarixga ega bo'lgan noyob "Lazgi" raqsi O'zbekistonning boy, ko'p asrlik madaniyatidan darak beradi va u o'zbek xalqi ma'naviy merosining durdonasi hisoblanadi.