Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyati Gonkongda taqdim etildi



O'zbekiston elchixonasi tomonidan Xitoyning yirik moliyaviy markazi bo'lgan Gonkong maxsus hududida mamlakatimizning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik imkoniyatlariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.

Tadbirda Gonkong ma'muriyati hamda Savdoni rivojlantirish kengashi rahbariyati, mazkur hududning 200 ga yaqin kompaniyalari, savdo-iqtisodiy, sayyohlik uyushmalari, va banklari vakillari ishtirok etdi.

Yig'ilganlarga bugungi kunda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar, investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, tadbirda O'zbekistonning turizm salohiyati va o'zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Gonkonglik tadbirkorlar O'zbekistonga tashrif buyurishga, xususan 2-3-may kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga katta qiziqish bildirdi.

 Tadbirda so'zga chiqqan mezbon mamlakat vakillari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati va ilg'or islohotlarni olqishlalarini ta'kidlashdi. Qayd etilganidek, ushbu o'zgarishlar natijasida mamlakatimizning jadal taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'lmoqda. Gongkong kompaniyalari xodimlari, shuningdek, ushbu imkoniyatlar asnosida O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritishdan va o'zaro manfaatli biznes-loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Gonkong hududi Xitoyning yirik moliyaviy markazlaridan biri bo'lib, aholisi 7,5 million kishini tashkil etadi. 2023-yilda YAIM 383 milliard dollarni tashkil etdi. Gonkong to'qimachilik, kiyim-kechak, elektron qurilmalar, butlovchi qismlar, soatlar, o'yinchoqlar va boshqa mahsulotlar eksporti bo'yicha dunyodagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda xizmat ko'rsatish sohasi Gonkong yalpi ichki mahsulotining 90 foizdan ortig'ini tashkil qiladi.



  ...