Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Pekin universitetida O'zbekiston madaniyati, ta'limi va turizmi taqdimoti bo'lib o'tdi



Pekin universitetida (Peking University) Navro'z bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda ishtirok etgan universitet professor-o'qituvchilari barcha ishtirokchilarni bayram bilan qutlab, ushbu oliygoh faoliyati va uning Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy o'quv yurtlari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalari bilan tanishtirdi.

Madaniy festivalda Markaziy Osiyo mamlakatlarining Pekindagi diplomatiya vakolatxonalari xodimlari, 10 dan ziyod OAV vakillari va blogerlar hamda ushbu oliygohda tahsil olayotgan 300 nafarga yaqin Markaziy Osiyolik va xitoylik talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olgan elchixonamiz vakillari, o'zining 3 ming yildan ortiq tarixiga ega bo'lgan va Xitoydan to Bolqon davlatlariga qadar cho'zilgan mintaqa xalqlari hayotida muhim o'rin tutib, keng nishonlanadigan Navro'z bayrami 2009-yil 30-sentyabrda insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida YUNESKO tomonidan Umumjahon nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilganligini hamda 2010-yilning 19-fevralda BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21 mart — "Xalqaro Navro'z kuni" deb e'lon qilinganligini alohida ta'kidladilar.

Navro'z bayrami turli xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalar va o'zaro hamjihatlikni rag'batlantirish, qo'shnichilik munosabatlari, do'stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Bayram tadbiri doirasida mamlakatimiz diplomatlari va ushbu oliygohdagi vatandosh talabalar O'zbekiston madaniyati va turistik salohiyatini keng targ'ib qildilar. O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi.

Ishtirokchilarga so'nggi yillarda O'zbekiston – Xitoy o'rtasidagi ta'lim, fan, madaniyat, xalq diplomatiyasi, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik aloqalari tobora kengayayotgani, ta'lim va o'quv muassasalari, ijodiy jamoalar va yoshlarning do'stona almashinuvi mustahkamlanib borayotgani haqidagi ma'lumlar yetkazildi.

Jumladan, 2023-yil oktyabr oyida O'zbekistonda va 2024-yil yanvar oyida Xitoyda ikki mamlakatning madaniyat kunlari doirasidagi barcha tadbirlar muvaffaqiyatli o'tkazilganligi qayd etildi.

Shu o'rinda, O'zbekistonda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab–quvvatlash yili" deb e'lon qilinganligi bayon etilib, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati xususan, yoshlarni turli mutaxassisliklarga o'qitish va ularning tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so'z yuritildi.

Bayram tadbirlarida ishtirok etgan Xitoy Xalqaro yoshlar almashinuvi markazi, xalqaro aloqalar departamenti direktori Lyu Sin xonim tomonlar oliy ta'lim muassasalari o'rtasida almashinuv va hamkorlikni mustahkamlashga katta e'tibor qaratayotganini ta'kidlab, joriy yil 22-yanvar kuni Pekin shahrida 100 dan ortiq universitetlar ishtirokida o'tkazilgan "O'zbekiston – Xitoy" ta'lim forumi yakunlarini yuqori baholadi.



  ...