Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Andijondagi qozonxonada energiya samaradorligi oshdi



Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi markaziy qozonxonani borib ko‘rdi.

U yaqinda imtiyozli xorijiy kredit evaziga rekonstruksiya qilinib, Xitoyda ishlab chiqarilgan 3 ta energiya tejamkor qozonlar o‘rnatilgan. 28 kilometr issiqlik quvurlari yotqizilib, 373 dona individual issiqlik punktlari tashkil etilgan. Shuningdek, 2 ming kilovatt quvvatli transformator o‘rnatilib, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tortilgan. 

Natijada shahardagi 271 ta ko‘p qavatli uy va 30 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan issiq suv va issiqlik ta’minotiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, bir yilda 16 million metr kub tabiiy gaz, 2 million kilovattdan ziyod elektr energiyasi tejab qolinadi.

Shu yerda 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi loyihalar haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, Andijon shahridagi yana  5 ta qozonxonani rekonstruksiya qilish, 33 kilometr issiqlik tarmoqlarini qurish va 114 ta ko‘p qavatli uyning ichki isitish tizimlarini yangilash rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bu loyihalarni jadallashtirib, aholini barqaror issiqlik bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



  ...