Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Vengriyaning “OTP” guruhi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Uchrashuvda bank-moliya sohasidagi, shu jumladan “OTP” guruhiga davlatning “Ipoteka-bank”dagi ulushini sotish bo‘yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali ularning sifatini oshirish, kichik va oilaviy biznes uchun innovatsion va hamyonbop moliyaviy mahsulotlarni joriy qilish, xodimlarni Yevropaning eng namunali amaliyotlariga o‘qitish muhimligini ta’kidladi.

Vengriyaning yetakchi kompaniyalari bilan, shu jumladan Toshkent viloyatida ular uchun tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zona negizida qishloq xo‘jaligi, vinochilik, irrigatsiya, kimyo, farmatsevtika va sanoatning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shandor Chani, o‘z navbatida, Vengriya biznesi mamlakatimiz bozoridagi faoliyatini jadal kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida “OTP” banki boshqaruvi raisi uning faoliyatiga berilgan yuksak e’tirof hamda davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni topshirilgani uchun O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.



  ...