Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi yakunlandi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga samarali uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlarga boy bo‘lgan davlat tashrifi o‘z yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari 24-yanvar kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. So‘ng yetakchilar Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Tashrifning birinchi kunida ushbu mamlakat Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Chjao Letszi bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, CNPC va CITIC korporatsiyalari, Xitoy Eksport-import banki rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Davlat tashrifining ikkinchi kuni Xitoyning innovatsiyalar poytaxti – Shenchjen shahrida ishbilarmonlik tadbirlari bayrog‘i ostida o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan hududlararo aloqalarni muhokama qildi.

Mamlakatimiz yetakchisi Xitoy yirik biznesining 600 dan ziyod vakillarini yig‘gan qo‘shma Investitsiya forumida ishtirok etdi hamda Ipak yo‘li fondi, “SANY” va “CSG” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Global elektomobillar bozori peshqadami – “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarishga start berdi.

Shu bilan Xitoyga davlat tashrifi dasturidagi tadbirlar yakunlandi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.



  ...