Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar



26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.



  ...