Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha axborot berildi



Davlatimiz rahbari shu yil 22-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lganida istiqbolli geologiya maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha vazifalar qo‘ygan edi.

Bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda soha mutasaddilari ushbu vazifalar ijrosi, 2024-yilga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv va ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha axborot berdi.

Qayd etilganidek, bu ishlar ikki yo‘nalishda – ham mavjud konlarda gaz qazib olish hajmini saqlab qolish, ham yangi zaxiralarni aniqlash bo‘yicha olib borilmoqda. Oxirgi yillarda geologiya-qidiruv ishlari 2-3 kilometrdan 4-5 kilometr chuqurlikkacha tushirildi. Buning natijasida yangi gaz zaxiralari aniqlandi, qo‘shimcha 4,4 milliard kub metr gaz qazib olindi.

Shuningdek, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilinib, ko‘plab istiqbolli quduqlarni ishga tushirish imkoni topildi.

Buni davom ettirib, kelgusi yilda 3,5 ming kvadrat kilometr maydonda seysmik ishlar olib borish hamda yangi qidiruv quduqlari qurish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb etish, tarmoq korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ilg‘or texnologiyalarni olib kelib, 6-7 kilometr chuqurlikda geologik burg‘ulashga o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Energiya manbalarini izchil yetkazib berish, shu bilan birga, hududlar va yirik korxonalar kesimida to‘lov intizomini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.



  ...