Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Vazifalarning joylardagi ijrosi ko‘zdan kechirildi



Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini ko‘rish maqsadida 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi mahallalarda bo‘ldi.

Dastlab «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Uchtepa tumanidagi issiqlik markazi borib ko‘rildi. Davlatimiz rahbari bundan roppa-rosa bir yil oldin bu yerga kelganida ahvol juda ayanchli edi. Bu markaz 1969-yilda qurilgan, shundan buyon kapital ta’mirlanmagan. Qozonxona ham, tarmoqlar ham eskirgan edi. O‘tgan qishda havo keskin sovigan paytlarda issiqlik ishlab chiqarish muammo bo‘lgandi. Shu bois Prezidentimiz tarmoqlarni ta’mirlash va barqarorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Bu galgi tashrif chog‘ida mutasaddilar shu haqda axborot berdi. Berilgan topshiriqlar to‘la amalga oshirilgan. Majmua qozonxonasi jami 700 Gkal quvvatga ega, mingdan ortiq ko‘p qavatli uy va 400 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.

Joriy yilda mazut xo‘jaligi va sig‘imlari qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda – gaz va mazutda ishlashga moslashtirilgan. Bular natijasida qozonxona va tarmoq sovuq haroratda ham barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zaxiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yo‘qotilishi ham kamaygan.

Davlatimiz rahbari shu yerda Toshkent shahri va Uchtepa tumani mutasaddilari bilan muloqot qildi. Mahallalardagi yangi “yettilik” tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalarni aholi talabi asosida joylarning o‘zida hal etib, odamlarni rozi qilish zarurligi ta’kidlandi.

Jumladan, qishga tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rilgan choralarni ham odamlar sezishi kerak. Issiqlik markazlari va tarmoqlardagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etib borish, bino va xonadonlarda issiqlikni asrash dolzarb vazifa ekani qayd etildi.



  ...