Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi kompaniyalarining ushbu mamlakat investitsiya vaziri, “ADQ” xoldingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan Al-Suvaydiy boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda  “TAQA” kompaniyasi rahbari Jasim Husayn Tabet va “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil Al-Ramahiy ham qatnashdi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Energetika sektoridagi hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Tashrif doirasida bu yo‘nalishda “Masdar” kompaniyasi bilan Strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiyga ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA munosabatlari rivojiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.



  ...