Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Metropolitenda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi



Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda metropoliten qamrovini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 32 kilometr yo‘l qurildi, 21 ta yangi stansiya ishga tushirildi. 15 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Yangi yo‘nalishlar poytaxtimizning Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusobod tumanlaridan o‘tib, aholining kundalik qatnoviga qulaylik yaratdi.

Bugungi kunda metropolitendan foydalanadigan yo‘lovchilar soni 5 barobar oshib, kunlik qatnov 720 mingtaga yetdi. Kunning tig‘iz vaqtida poyezdlar kelish vaqti avvalgi 5-7 daqiqadan 2 daqiqagacha qisqardi.

Yig‘ilishda transport va qurilish sohasi mutasaddilari metropolitenning bugungi holati hamda kelgusi rejalar yuzasidan axborot berdi.

Davlatimiz rahbari metro xizmatlari sifatini oshirish, harakat qulayligi va xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yana yangi vagonlar olib kelib, foydalanish muddati o‘tganlarini yangilash, ikki daqiqali intervalni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Toshkent metropolitenini transformatsiya qilib, daromadini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.



  ...