Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ikki tomonlama strategik sheriklikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida Bosh vazir Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda faol muloqot olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi yil boshidan buyon 40 foizga oshdi. To‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Yigirmata qo‘shma korxona tashkil etildi.

2024-2025-yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini tez fursatda qabul qilish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun savdo to‘siqlarini bartaraf etish va qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.



  ...