Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti IHT doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.

Birlashma doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ushbu ko‘p tomonlama tuzilmalar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, savdo, transport, investitsiyalar, innovatsiyalar, ekologiya, turizm sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi.

Bosh kotib O‘zbekiston IHT faoliyatida faol ishtirok etayotgani, ilk bor Toshkentda “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida o‘tkaziladigan IHTning navbatdagi sammiti yuqori saviyada tayyorlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Mamlakatimizning 2021-yilgi Ashxobod sammiti davomida ilgari surilgan tashabbuslari izchil amalga oshirilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuv chog‘ida IHT davlatlari yetakchilarining bo‘lajak Toshkent yig‘ilishi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.



  ...