Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Fransiya Prezidenti bilan samimiy xayrlashdi



Samarali O‘zbekiston-Fransiya sammiti yakuniga yetdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning Samarqand shahriga ikki kunlik tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

1-noyabr kuni davlat rahbarlari Registon maydonida samimiy muloqot qilib, tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildilar, «Boqiy shahar» majmuasini borib ko‘rdilar.

Bugun tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajali muloqotlar bo‘lib o‘tdi, ular yakunida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib oldilar. Qo‘shma bayonot qabul qilinib, qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Davlat rahbarlari Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ochilishida ishtirok etdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Prezidentlar Samarqanddagi Kongress markazida birgalikda daraxt ekdilar, O‘zbekistonning madaniy merosi ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Fransuz alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Fransiya delegatsiyasi katta qiziqish bilan Samarqandning tarixiy-me’moriy durdonalari bilan tanishdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, aeroportda Prezident Emmanuel Makronni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbarlari samimiy xayrlashdilar.



  ...