Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

“EDF” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “EDF” kompaniyasi raisi va bosh direktori Lyuk Remon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«EDF» dunyodagi atom elektr stansiyalarini boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniya bo‘lib, aktivlari qiymati 427 milliard dollarni tashkil etadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Suhbatda Prezidentimiz kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyalarini qurishda ishtirok etayotganini qo‘llab-quvvatladi, loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.



  ...