Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Pekinda O'zbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati taqdim etildi



Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida O'zbekistonning iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda Xitoyning savdo, transport, logistika, elektronika, sanoat ishlab chiqarishi, energetika, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish, sayyohlik kabi sohalarda faoliyat olib boradigan 20 dan ortiq yirik kompaniya va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati qatnashchilari mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilash bo'yicha erishilgan muvaffaqiyatlar, O'zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, turizm jabhasidagi o'zgarish va qo'lga kiritilayotgan e’tiborga molik muvaffaqiyatlarlar, jumladan, viza tartib-taomillarini yengillashtirishda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda ishbilarmonlar hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, investorlarni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan sa’y-harakatlarni yuqori baholashdi.

"Beijing Belt & Road Cooperative Community" prezidenti Xua Xan Xitoy va O'zbekiston o'rtasida barcha sohalarda samarali hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgani xususida to'xtalar ekan, "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida ikki davlat turli jabhalarda, shu jumladan, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo'jaligi, turizm yo'nalishlarida o'zaro aloqalarni yanada rivojlantirayotganini ta’kidladi.

"E-to-China.com (ETCN)" bosh direktori Xu Sun O'zbekistonning mintaqa iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni va ta’siri oshib borayotganini qayd etar ekan, "Raqamli Ipak yo'li" tashabbusining jadal rivojlanishi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyotini o'zgartirishga imkon yaratishi va o'zi rahbarlik qilayotgan kompaniya bu sohada O'zbekiston kompaniyalari bilan o'zaro hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

"Optima Integration Group" kompaniyasi Xalqaro aloqalar departamenti bosh direktori Yan Binbin O'zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar katta e’tiborga ega bo'lgan haqiqiy brendga – tovar belgisiga aylanganini va bu mahsulotlar yuqori darajada raqobatbardoshli ekanligiga to'xtaldi.

Uning aytishicha, "Optima Integration Group" kompaniyasi qishloq xo'jaligi mahsulotlari sanoati tarmog'ida faoliyat ko'rsatadi. Yan Binbin kelajakda O'zbekistonda yetishtirilgan tabiiy mahsulotlarni Xitoy bozoriga olib kelish niyatida ekanligini bildirdi.



  ...