Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Pekin shahrida O'zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etildi



Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida 22-oktyabr kuni "Birinchi Pekin xalqaro nomoddiy madaniy meros haftaligi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir XXR Madaniyat va turizm vazirligi hamda Pekin shahri meriyasi tomonidan tashkil etildi.

Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida tashkil etilgan O'zbekiston stendida davlatimiz "Hunarmand" uyushmasi vakillari kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog'och o'ymakorligi, gilamdo'zlik, milliy matolar, miniatyura kabi milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

O'z navbatida, O'zbekiston mahsulotlari orasida alohida taqdim etilgan Nurota so'zanalaridan namunalar ko'rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.

Mazkur tadbirda Xitoyning turli provinsiyalarida faoliyat ko'rsatadigan 100 dan ortiq kompaniya o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Uch kun davom etadigan ko'rgazma ishi bilan 4 milliondan ziyod xorijiy va mahalliy mehmonlar tanishishi kutilmoqda.

Tashkilotchilarning ma'lum qilishlaricha, tadbirdan ko'zlangan maqsad madaniy merosni o'rganish, saqlash va ommalashtirish hamda bu sohadagi xalqaro hamkorlikning yangi yo'nalishlarini rivojlantirishdan iborat.

Haftalik 25-oktyabrga qadar davom etdi.



  ...