Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Qarshi tumanida yangi shifoxona quriladi



Davlatimiz rahbari Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari tarzda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi.

Uning binosi o‘tgan asrning 60-70-yillarida qurilgan. Shifoxona 228 bemor o‘rniga va poliklinika 250 qatnovga mo‘ljallangan. Hozirda tumandagi 243 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu yerdagi sharoitlar shuncha qamrovga va zamon talabiga mos emas. Ayrim jihozlarni yangilashga zarurat bor.

Prezidentimiz tibbiy bo‘limlar va xonalarga kirib, asl ahvolni ko‘zdan kechirdi. Bu yerga kelgan bemorlar bilan suhbatlashdi.

– Bugun Qashqadaryoga kelishimizdan maqsad viloyatning 3 yarim millionlik aholisi turmush sharoitini yaxshilash, og‘irini yengil qilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish. Yo‘ldan o‘tib ketayotib, shifoxona qanday ekan, deb kirdim. Holatni o‘zim ko‘rib, oddiy odamlar bilan ko‘proq muloqot qilib, qaror qabul qilish – mening eng katta maqsad-muddaom. Avval ham aytganimdek, ta’lim bilan tibbiyot sifatli bo‘lsa, odamlar rozi bo‘ladi. Ko‘p joylarda shifoxonalarni yaxshi qildik. Lekin Qarshi tumanidagi sharoit menga ma’qul emas. Bugun ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga bo‘lajak majmua o‘rni va loyihasi bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi. Kelgusida u eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi va dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Tuman tibbiyot birlashmasida ishlaydigan bir guruh shifokor va hamshiralar xorijga malaka oshirishga yuboriladi. Shu tariqa bu maskan boshqa tuman shifoxonalari xodimlari uchun o‘quv-amaliyot markaziga aylanadi.

Shuningdek, tashrif chog‘ida kadrlar saloihiyatini va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, shifoxona atrofini tartibga keltirish masalalari ham aytib o‘tildi.



  ...