Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Prezident yangilangan issiqlik markazini borib ko‘rdi



Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining Shayxontohur tumanidagi 3-sonli issiqlik markazini borib ko‘rdi.

Bu majmua 1972-yilda qurilgan. Bu yerdagi 5 ta qozonxona umumiy qiymati 400 Gkal quvvatga ega. Jami 491 ta ko‘p qavatli uy, 150 dan ortiq ijtimoiy soha muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.

O‘tgan qishda havo keskin sovib ketishi oqibatida tabiiy gaz bosimi pasayib, iste’molchilarga issiqlik yetkazish qiyin bo‘lgan edi. Shuning uchun joriy yilda issiqlik markazida muqobil yoqilg‘idan foydalanish imkoni yaratildi. Xususan, mazut xo‘jaligi qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda – gaz va mazutda ishlashga moslashtirildi. Barcha qozonxonalar ta’mirlandi. Shuningdek, gaz bosimini ta’minlash maqsadida inshootga 4,6 kilometr alohida quvur tortildi. 

Bu sa’y-harakatlar natijasida kuz-qish mavsumida iste’molchilarni issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash imkoni yaratildi. Xususan, tarmoq 30 daraja sovuq haroratgacha barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zaxiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yo‘qotilishi kamaytirilgan. Natijada aholiga 65 darajadan kam bo‘lmagan issiqlik yetkazib beriladi.

Xuddi shu tartibda 5-sonli issiqlik markazi ham modernizatsiya qilingan.

- Ochig‘i, uzoq yillar davomida bu tizimga e’tibor bo‘lmagan. Issiqlik korxonalari eski resursda, eskicha uslubda ishlab kelgan. Lekin olingan issiqlik sarflangan xarajatga nisbatan o‘zini oqlamadi. Bundan odamlar ham rozi bo‘lmadi, korxonalar ham manfaat topmadi. O‘tgan yilgi sinovdan va imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilayapmiz. Endi issiqlikni saqlash va tejash choralarini ko‘rish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.



  ...