Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Yangi infratuzilma inshootlari ko‘zdan kechirildi



Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi yangi infratuzilma inshootlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda.

So‘nggi yillarda poytaxtimiz ham aholi, ham hudud jihatidan o‘smoqda. Muhandislik tarmoqlari quvvati shunga mutanosib tarzda oshirib borilmoqda.

Xususan, Shayxontohur tumanida, «Paxtakor» stadioni yaqinida yangi podstansiya qurildi. Loyiha doirasida «Traktorsoz» podstansiyasidan 19 kilometrdan ziyod kabel tortilib, 2 ta transformator o‘rnatildi. U kelgusi oyda ishga tushiriladi. Buning natijasida poytaxtimiz markazida kafolatlangan 130 megavatt qo‘shimcha elektr energiyasi hosil bo‘ladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayib, avariyaviy holatlar ehtimoli 60 foizga qisqaradi.

Davlatimiz rahbari shu yerda Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimidagi  qurilish va modernizatsiya ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Yana beshta podstansiya qurilayotgani va to‘rttasi yangilayotgani, ularda jami 850 megavatt qo‘shimcha quvvat yaratilishi qayd etildi.



  ...