Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti “Indorama Corporation” kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-oktabr kuni Singapurning “Indorama Corporation” kompaniyasi asoschisi va raisi Shri Prakash Loxiya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining kimyo, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida yirik investor va muhim texnologik hamkor bo‘lgan ushbu kompaniya bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, “Indorama Corporation” tomonidan mamlakatimizda paxta tolasini yetishtirish va chuqur qayta ishlashga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Qo‘qon superfosfat zavodi modernizatsiya qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari sigapurlik investorning O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan “Farg‘onaazot” quvvatlarini kengaytirish, tarmoq korxonalarini xususiylashtirish, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida kompaniyaning mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari umumiy hajmi hozirgi 600 million dollardan 850 million dollargacha oshadi.

Investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish muhimligi qayd etildi.



  ...