Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Qatarning yetakchi investitsiya idorasi rahbarini qabul qildi



Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniyni qabul qildi.

Agentlik sanoat, infratuzilma, energetika, ko‘chmas mulk, elektron texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni ilgari surishda katta tajribaga ega global miqyosdagi yetakchi investitsiya xoldinglardan biri hisoblanadi. Idora rahbari bir vaqtning o‘zida Qatar Markaziy banki raisidir.

Uchrashuvda agentlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini mamlakatimiz hududlarida “yashil” energetika obyektlari – quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shu jumladan zamonaviy aviaterminallar barpo etish va boshqa investitsiya loyihalariga jalb qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ilg‘or bank-moliya xizmatlarini, shu jumladan islom moliyasi dasturlari doirasida rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvini yaqin fursatda o‘tkazishga kelishib olindi.



  ...