Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Qatarga boradi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1-2 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi hamda “EKSPO Doxa-2023” – “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.



  ...