Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti “Citigroup” korporatsiyasi rahbarini qabul qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-York shahriga tashrifi doirasida AQSHning eng yirik “Citigroup” moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Duganni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston banklari va davlat korxonalari obligatsiyalarining xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishiga ko‘maklashgan korporatsiya bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston yetakchisi “Citigroup”ning mamlakatimizda “Citibank” sho‘ba banki ofisini ochish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuvda bank-moliya sohasini rivojlantirish, fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar jozibadorligi va likvidligini oshirish uchun samarali vositalarni joriy etish, mamlakatimiz kapital bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

AQSH korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar va aniq ijro muddatlarini ko‘rsatgan holda “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.



  ...