Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti GE HealthCare kompaniyasi bilan hamkorlik rejalarini ko‘rib chiqdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “GE HealthCare” kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi prezidenti va bosh ijrochi direktori Rob Uolton bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda korporatsiyaning mamlakatimizda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalari muhokama qilindi.

Dunyoning industrial giganti bo‘lgan “General Electric” korporatsiyasi strategik sheriklik doirasida O‘zbekiston korxonalari bilan investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish, jumladan, zamonaviy yuqori texnologik uskunalarni yetkazib berish va ularni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish niyatida.

“GE HealthCare” kompaniyasi prezidenti Rob Uolton sog‘liqni saqlash sohasida kardiograflar ishlab chiqarish, skrining va kardio axborot tizimi yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, investor O‘zbekistonda Milliy tibbiy ma’lumotlar arxivini yaratishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ni qabul qilishga kelishib olindi.

1994 yilda “General Electric” tarkibida tashkil etilgan “GE HealthCare” bosh qarorgohi Chikagoda joylashgan tibbiy texnologiyalar sohasidagi transmilliy kompaniya. Korporatsiya aktivlari qariyb 28 milliard dollarni tashkil etadi.



  ...