Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada qo‘shma Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqaviy hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.



  ...