Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuyni qabul qildi. 

Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi yuqori darajali mehmonni Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetakchi tarmoq tuzilmasi rahbari etib qayta saylangani bilan qutladi hamda shu kunlarda Samarqand shahrida o‘tayotgan konferensiyani qo‘llab-quvvatlagani va uning ishida shaxsan ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. 

FAO bosh direktori O‘zbekiston Prezidentini global miqyosda dolzarb bo‘lgan mavzudagi ushbu xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqqani va tadbir yuksak darajada tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan bugungi xavf-xatarlarga qarshi, shu jumladan mintaqa darajasida kurashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Agrar tarmoqni rivojlantirishdagi nomutanosibliklar, suv resurslarining tanqisligi, qo‘shimcha qiymat yaratishning uzun va samarasiz zanjirlari, logistikadagi uzilishlar va boshqalar barqaror rivojlanish uchun asosiy xatarlar sifatida qayd etildi. 

O‘zbekiston va FAO o‘rtasida 2030-yilga qadar mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturiga qishloq xo‘jaligini ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish, agrar sohani raqamlashtirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan vositalarini amalga oshirish va agrooziq-ovqat tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kiritishga kelishib olindi.



  ...