Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi



Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o‘rni juda katta. Uning qamrovini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, yerusti metrosi vujudga keldi.

O‘tgan yillarda bu ulkan loyihaning birinchi bosqichi va Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi. Joriy yilda ikkinchi bosqich - Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosi qurib bitkazildi.

Prezident ushbu transport inshootini borib ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi.

– 2017-yilda bu loyihani boshlaganimizda ishonmaganlar ham bo‘lgan edi. Mana, Xudoga shukur, yerosti va yerusti metro yo‘llari bog‘lanib, halqaga aylandi. To‘g‘ri, og‘ir bo‘ldi. Lekin xalqimizga xizmat qiladigan, tarixda qoladigan yo‘l bu. Odamlarimiz, farzandlarimiz bunda yurib, davlatdan rozi bo‘lsa, niyatimizga yetgan bo‘lamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur ikkinchi bosqich doirasida 12 kilometr estakada yo‘l va 7 ta bekat barpo etilgan. Bu oraliqdagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Bir kunda 40 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Umuman, bugun Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan oshdi. Shundan 38 kilometri 1977 yildan keyin bunyod etilgan bo‘lsa, oxirgi 7 yilda 32 kilometr metro yo‘li qurildi. Bekatlar soni 50 taga yetdi. Metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 750 mingga yetishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilda poytaxtimizga mingta avtobus olib kelindi. Natijada jamoat transportidan kuniga 1 million 400 ming nafargacha yo‘lovchilar foydalanmoqda. Bu shaxsiy transportlarga ehtiyojni, pirovardida ko‘chalarda tirbandlikni kamaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.



  ...