Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Pekinda Navoiy viloyatining eksport imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyati taqdim etildi



Navoiy viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida biznes-forum tashkil etildi.

Tadbirda Xitoy savdo-sanoat palatalari, yirik kompaniya va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Navoiy viloyatining eksport imkoniyatlari hamda sarmoyaviy salohiyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. Xitoy kompaniyalarini viloyatning erqin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishga chaqirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Pekindagi elektromexanik mahsulotlar bo‘yicha Xitoy savdo palatasining vitse-Prezidenti Lyu Chun  ushbu  forumning  muhimligini eʼtirof etdi.

«Ushbu jarayon doirasida biz Xitoyning ko‘plab kuchli korxonalariga O‘zbekistonga sarmoya kiritishni tavsiya qildik. Bugun biz Navoiy viloyati biznes forumida ishtirok etmoqdamiz va Navoiy viloyati haqida yaxshi maʼlumotlarga ega bo‘ldik. Maʼlumki, Navoiy viloyati qurilish materiallari va mineral resurslar uchun katta afzalliklarga ega. Kelgusida O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalarini ko‘proq joriy etishga umid qilamiz», dedi u.

«China Huadian Overseas Investment» kompaniyasi rahbari Lu Yuan O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini, do‘stona munosabatlar, yaqin savdo-iqtisodiy almashinuvlar amalga oshirilganini aytib, turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshirilganini taʼkidladi.

Forum doirasida «China Huadian Overseas Investment Co., Ltd» va «Avic-Intl Project Engineering Company» kompaniyalari bilan Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi hamda «Beijing Mingou Investment Co., Ltd» bilan sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Navoiy viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida mazkur mamlakatning bir qator provinsiya va shaharlariga tashriflar amalga oshirildi va o‘zaro manfaatli muzokara hamda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Pekindagi elektromexanik mahsulotlar bo‘yicha Xitoy savdo palatasining vitse-prezidenti Lyu Chun:

- Biz har doim Xitoy va O‘zbekiston korxonalari, shu jumladan savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlik tarafdorimiz. Shuning uchun biz bu borada muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz, O‘zbekiston elchixonasi va Xitoy savdo vazirligi rahbarligida va ko‘magida Xitoyning ko‘plab korxonalarini O‘zbekistonga kiritmoqdamiz.

Bugun biz O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etdik va bu yerda Navoiy viloyatining savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘ldik. Maʼlumki, Navoiy viloyati qurilish materiallari va mineral resurslar uchun katta afzalliklarga ega. Kelgusida O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalarini ko‘proq jalb etishlishiga umid qilamiz.

«China Huadian Overseas Investment» kompaniyasi rahbari Lu Yuan:

- Bugun Navoiy viloyatining investitsion biznes-forumida ishtirok etish juda yoqimli bo‘ldi. Ushbu tadbir davomida biz  O‘zbekistondagi sarmoyaviy muhit to‘g‘risida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim davlatlardan biri sifatida bilamiz va Navoiy viloyatida yangi yo‘nalishni rivojlantirishdan juda manfaatdormiz. Navoiy viloyati hokimligi bilan ham shartnoma imzoladik. Endi biz ushbu loyihani o‘rganishni boshlaymiz, uning yakuniy ishlarini ishlab chiqamiz va amalga oshirishga  kirishamiz.

Xitoyning ichki Mo‘g‘uliston avtonom viloyati xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi vitse-prezidenti Vey Xun:

- Xitoy va O‘zbekiston biznes-forumi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu forum tufayli Xitoy va O‘zbekiston korxonalari erkin fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kelgusida ichki Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy almashinuvni faol rivojlantirish niyatidamiz.

Xususan, viloyat hokimining ushbu tashrifi menga ichki Mo‘g‘uliston va Navoiy viloyati o‘rtasida fikr almashish va tomonlar o‘rtasida do‘stona hamkorlik o‘rnatish imkoniyatini bergani uchun minnatdorman.

«Guandong Hongda Blasting» korporatsiyasi xalqaro hamkorlik direktori Szyan Lyansyan:

- O‘zbekiston elchixonasi va Navoiy viloyati hokimligi tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan biznes-forumda ishtirok etdim.

Bizning korporatsiya O‘zbekistonni yaxshi biladi va uning iqtisodiyoti jadal suratlar bilan rivojlanayotganidan xabardor. Buni xalqingizning farovon hayoti misolida ko‘rish mumkin.

Kompaniyamiz O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish istagida. Bugungi tadbir davomida Navoiy viloyatidagi xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Biz xitoylik biznes vakillariga ko‘rsatilgan iliq va do‘stona munosabat chuqur taʼsir qildi. O‘zbekistonga sayohat qilishga bo‘lgan istagimiz yana-da kuchaydi. Biz investitsiya g‘oyalarimizni, albatta amalga oshiramiz.

“Longi” kompaniyasi vakili Lyu Lidiya:

- Bugun Navoiy viloyatining savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlik forumida ishtirok etganimdan mamnunman. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun juda yaxshi platforma vazifasini o‘taydi. Biz savdo-iqtisodiy aloqalar uchun yangi platformaga ega bo‘layapmiz. Biz juda ko‘p sohalarda, jumladan energetika sohasida juda samarali hamkorlik qilishimiz mumkin.



  ...