Joriy yilning 6 – 8 sentabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Diffision Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi (batafsil: https://dfx.newuu.uz/).
I. Umumiy ma’lumot.
“Diffision Fundamentals” xalqaro ilmiy konferensiyasi har 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.
Konferensiya ilmiy multidisiplinar tadbir hisoblanib, unga dunyo miqyosidagi kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika fanlarining yetuk tadqiqotchi-olimlar taklif etiladi.
Spikerlar tomonidan jahonning global ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarining yechimi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ma’ruza sessiyalari tashkil etiladi.
II. Konferensiya tarixi.
Konferensiya bugunga qadar 9 marta o‘tkazilgan (batafsil ma’lumot ilova qilinadi).
Konferensiya asosan g‘arb davlarlarida, jumladan Germaniya (4 marta), Italiya (1), Gretsiya (1), AQSh (1), Rossiya (1) va Polsha (1) davlatlarida tashkil etilgan.
Tashkilotchi sifatida jahonda nufuzli hisoblangan quyidagi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etgan:
- Leypsig universiteti (Germaniya);
- London universitet kolleji (Buyuk Britaniya, dunyoda 22-o‘rinda turadi);
- L’Akuila Universiteti (Italiya, dunyoda top 500 talikka kiradi);
- Afina milliy texnika universiteti (Gretsiya, dunyoda top 800 talikka kiradi);
- Rensselaer politexnika instituti (AQSh, dunyoda top 600 talikka kiradi);
- Dresden texnika universiteti (Germaniya, dunyoda 156-o‘rinda turadi);
- Milliy fan va texnologiya universiteti (MISIS) (Rossiya);
- Fridrix Aleksandr universiteti Erlangen-Nyurnberg (Germaniya);
- Yagellon universiteti (Polsha, dunyoda top 600 talikka kiradi).
Konferensiya faoliyati davomida 1 600 dan ortiq tadqiqotchi-olimlarni birlashtirib, katta ixtirolar va muammolarga eksklyuziv yechimlar bera olgan.
III. “Diffision Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi.
18 yillik tarixga ega bo‘lgan konferensiya o‘z ishini O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston” universitetida davom ettiradi.
Bu safargi Konferensiya tashkilotchilari sifatida “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Gongkong fan va texnologiya universiteti huzuridagi Buyuk Yevroosiyo tadqiqot markazi hamda Sakson fanlar va gumanitar fanlar akademiyasi ishtirok etmoqda.
Konferensiyaga Yevropa Ittifoqi va boshqa g‘arb davlatlaridan 40 dan ortiq xalqaro darajadagi nufuzli olimlar, shuningdek Markaziy Osiyodan 30 dan ortiq tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Xususan, spiker sifatida Chikago universiteti (AQSh, dunyoda 13-o‘rinda turadi), Kornel universiteti (AQSh, dunyoda 20-o‘rinda turadi), London universitet kolleji (Buyuk Britaniya, dunyoda 22-o‘rinda turadi), Bonn universiteti (Germaniya, dunyoda 89-o‘rinda turadi) kabi oliy ta’lim muassasalaridan nufuzli tadqiqotchi-olimlar ishtirok etadi (batafsil ro‘yxat broshyurada ko‘rsatilgan).
IV. Tashkiliy masalalar.
Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadqiqotchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScSWI72ZEaokkE3XFGfIVOps6Ahj3EbVJw1MOBoRIf_JwpIDg/viewform
Xorijiy ishtirokchilarning aviachipta, turar joy va kunlik xarajatlari o‘zlarining hisobidan qoplanadi. “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan xorijlik ishtirokchini kutib olish va mehmonxonaga qadar yetkazib qo‘yish ta’minlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganidan so‘ng, ishtirokchiga Universitet talabalari orasidan volontyor belgilanadi va barcha tashkiliy masalalarida to‘liq qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi.
Barcha masalalarda mas’ul xodim: Strategik rivojlantirish, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi Sherzod Maxmudov. Aloqa ma’lumotlari: 71) 202-41-11 (238/203/218); 90) 910-54-43; email: sh.maxmudov@newuu.uz. CC: k.matyokubova@newuu.uz.