Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Toshkent shahri tumanlaridagi dolzarb vazifalar ko‘rsatib o‘tildi



Davlatimiz rahbari 2019-yilda Chilonzor tumaniga tashrifi chog‘ida «Oriyent keramik» korxonasini borib ko‘rgan, uning faoliyatini kengaytirish muhimligini aytgan edi.

Shundan so‘ng Sergeli tumani hududida yana bir zavod qurilib, xorijdan ilg‘or texnologiya keltirib o‘rnatildi. Korxona shu yil iyun oyida faoliyat boshlab, 450 kishi ish bilan ta’minlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev uning ish jarayoni bilan tanishib, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi.

Bu loyihaning qiymati 42  million dollar bo‘lib, yiliga 10 million kvadrat metr kafel va keramogranit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar deyarli yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanishi bois xorijnikidan bir necha barobar arzon. Ularning sifatli, turli rang va hajmda ekani bozorbopligini ta’minlamoqda.

Ilgari bunday katta o‘lchamdagi keramogranit kafellar yurtimizga import qilinar edi. Endi ularning o‘rnini to‘ldirish bilan birga, mahsulotlarning yarmini eksport qilish ham mumkin.

Davlatimiz rahbari ushbu korxona tajribasi asosida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot bo‘ldi. Ular tadbirkorlik, bandlik, bunyodkorlik loyihalari yuzasidan axborot berdi.

– Islohotlarimiz, hududlarga berayotgan imkoniyatlarimiz natijasida hokimlarning dunyoqarashi o‘zgarayapti. Bugun Toshkent tumanlari katta-katta marralar qo‘yyapti. Eng katta masalalar – ishsizlikni kamaytirish, investitsiya olib kelish va eksport. Mana, «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturini boshladik. Bu ham aholi, ham tadbirkorlar uchun katta imkoniyat. Yana bir muhim vazifa – “Yashil makon” umummilliy loyihamiz. Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarini davom ettirish, yashil hududlarni ko‘paytirish, odamlarning dam olishi uchun sharoit tashkil qilish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirkorlik, raqamlashtirish, xizmatlar sohasida xorij tajribasini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



  ...