Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti va Saudiya Arabistoni Valiahdi keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining birinchi sammiti doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Valiahd davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Mamlakatimiz yetakchisi, o‘z navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga yurtimiz fuqarolari haj va umra amallarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Saudiya munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘tgan yilning avgust oyida o‘tgan ikki tomonlama sammit davomida qabul qilingan bitim va kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga, qo‘shma korxonalar soni ikki barobarga oshdi. Yetakchi “Acwa Power” kompaniyasi ishtirokida “yashil” energetikada muhim loyihalarni amalga oshirish boshlandi. “Yashil vodorod”, neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuvda xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.



  ...