Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Jahon turizm tashkiloti bilan keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon turizm tashkiloti (YNVTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi.

BMT tizimidagi ushbu yetakchi sohaviy tashkilot bilan O‘zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va yurtimizga turizm yo‘nalishlarini ommalashtirish borasida keng ko‘lamli hamkorlikni yanada ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalari va institutlari nomidan davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Turizm tarmog‘ining joriy yildagi bosh xalqaro tadbiri – oktyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lajak YNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonda zamonaviy va qulay turizm infratuzilmasini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga yetakchi investorlar – taniqli xorijiy kompaniya va brendlarni jalb qilish masalasida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda xalqaro imijni ilgari surish, ta’lim sohasi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida qo‘shma chora-tadbirlar majmui amalga oshiriladi, jumladan, YUNVTO Xalqaro akademiyasi va mavzuli ofisi tashkil etiladi.



  ...