Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xalqaro tashkilotlar tavsiyalarining amalga oshirilishi demokratik o‘zgarishlarning muhim belgisidir



Saylovni shaffof, demokratik xalqaro talablar asosida o‘tkazishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan kuzatuvchilarning ishtiroki muhim omil bo‘lmoqda.

Fuqarolar saylov orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etib, davlat organlarini demokratik yo‘l bilan shakllantirishga o‘z xohish-irodasini bevosita bildiradi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT DIIHB) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha navbatdan tashqari o‘tkazilgan oraliq hisobotida bunga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilganidek, bugungi kunga qadar MSK 107 nafar xalqaro kuzatuvchini ro‘yxatga olgan. Bo‘lajak Prezident saylovini demokratik tamoyillar asosida – erkin, adolatli va milliy va umume’tirof etilgan xalqaro normalar asosida yuksak tashkiliy-huquqiy saviyada o‘tkazish uchun huquqiy asoslar va barcha zarur shart-sharoit yaratilgan.

O‘z navbatida, saylov qonunchiligi va amaliyotini umume’tirof etilgan xalqaro demokratik standartlarga muvofiqlashtirish orqali fuqarolarning saylov huquqlarining yanada kengroq va har tomonlama ta’minlanishini ta’minlash mumkin. Shu bois xalqaro kuzatuvchilarning taklif va tavsiyalari milliy saylov qonunchiligiga bosqichma-bosqich kiritilmoqda.



  ...