Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xitoylik jurnalistga “Oltin qalam” mukofoti topshirildi



Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida shu yil o‘tkazilgan “Oltin qalam” XVII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan   Xitoyning  “Jenmin xuabao” nashriyoti muharriri San Xaoyangga mukofot statuetkasi, diplomi hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda so‘z olgan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov bu yilgi tanlov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida demokratik tamoyillar asosida yana-da ochiq va shaffof tashkil etilgani, unda dunyoning 25 davlatidan 50 nafardan ziyod xorijlik jurnalistlar qatnashganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ham atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi. 

 Tadbirda ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashishni taʼminlash kabi masalalar  xususida fikr yuritildi.

–Keyingi yillarda O‘zbekistonda jadal olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish barobarida ularni Xitoy ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ham hissa qo‘shib kelmoqdaman, – dedi San Xaoyang. – Har qanday inson muvaffaqiyatga erishsa quvongani singari yuqori nufuzli “Oltin qalam” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘lganimdan behad mamnun bo‘ldim. Bundan keyin ham O‘zbekiston haqida turli mavzularga bag‘ishlangan materiallar tayyorlashni o‘z oldimga maqsad  qilib qo‘yganman.



  ...